So’nggi yangiliklar

11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  3 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  5 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  11 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  21 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  2 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  6 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  1 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  3 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  5

Revansh olindi. Olmaliqdagi "jang" haqida qiziq malumotlar Yangiliklar

Revansh olindi. Olmaliqdagi "jang" haqida qiziq malumotlar

Superliganing 22-turidan o'rin olgan dastlabki kungi bahslar yakuniga etdi.

Qosimov Xamyakovdan ustun keldi

Turni ochib beruvchi bahs OKMK sport majmuasida o'tkazildi. Unda AGMK futbolchilari "Mashal"ni mag'lub qilishdi (3:2). SHu tariqa Mirjalol Qosimov Muborakda o'tgan 1-davradagi mag'lubiyat uchun rossiyalik hamkasbidan revansh oldi.

Turnir jadvali

Bugungi g'alaba olmaliqliklar uchun mavsumdagi 11-si bo'ldi. Ayni paytda AGMK ochkolari sonini 40 taga etkazib oldi. Mavsumdagi 12-mag'lubiyatini qabul qilib olgan Muborak klubi esa tur yakunida autsayderlar zonasiga tushib ketishi mumkin.

Gollar

O'yinda hisobni ochgan Samuel CHigozi (nigeriyalik) raqiblari darvozasiga (Mashal) joriy mavsumdagi 5-to'pini kiritdi. Muborakliklarning hisobni qisqartiruvchi goliga mualliflik qilgan Sirojiddin Qo'ziev esa bu yildagi 2-golini urdi.

11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirgan Sanjar Tursunov 2021 yilda 5-golini (4 tasi penaltidan) urgani holda Kasyanga etib oldi. Har 2 futbolchi 5 tadan gol bilan AGMKning eng yaxshi to'purari bo'lib turishibdi.

Mirjamol Qosimov joriy mavsumdagi 2-golini urgan bo'lsa, olmaliqliklar himoyachisi Abbos Otaxonov 2020 yilning 2 iyulidan beri ilk bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. 

O'yin qahramoni

O'zPFL komissari (Jahongir Rahmatullaev) uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida Olmaliq klubi sardori Sanjar Tursunovni etirof qildi.

Qiziq raqamlar

1. AGMK 2012 yildan beri ilk bor "Mashal" darvozasiga 3 ta gol urdi.

2. Ushbu jamoalar o'rtasidagi bahsda 2009 yildan beri birinchi marta 5 ta to'p kiritildi.

3. Mirjalol Qosimov jamoasi joriy mavsum Rahimbek Karimov boshqargan barcha o'yinlarda zafar quchyapti.

12-tur. AGMK 2:1 "Qo'qon-1912"

18-tur. AGMK 2:0 "Turon"

22-tur. AGMK 3:2 "Mashal"

4. Xomyakov shogirdlari esa Jahongir Rahmatullaev komissar sifatida ishlagan barcha uchrashuvlarni yutqazmoqda.

10-tur. "Navbahor" 2:0 "Mashal"

17-tur. "Mashal" 0:1 "Andijon"

22-tur. AGMK 3:2 "Mashal"

5. Martin Boakening golsiz seriyasi 8 ta o'yinga etdi. Italiyalik forvard Superligadagi oxirgi (AGMK tarkibidagi yagona) golini 14-turda "Lokomotiv" darvozasiga urgan edi. 

6. AGMK 6 turdan beri mag'lub bo'lmayapti (3 g'alaba, 3 durang), "Mashal" esa xuddi shuncha vaqtdan beri g'alaba qozonolmayapti (4 mag'lubiyat, 2 durang).

7. AGMK joriy mavsum faqat 1 gal OKMK sport majmuasida o'tkazilgan o'yinda maydonni golsiz tark etdi (3-tur, AGMK 0:3 "Paxtakor").

Malumot uchun, 23-tur bahslari 21 oktyabr kuni start oladi. AGMK shu kuni Bekobodda mehmon bo'lsa, "Mashal" 2 kundan keyin "Navbahor"ni qabul qiladi.

Superliganing eng qimmat futbolchisini bilasizmi? Legionerni-chi?

Muallif :
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика