Rebich Turkiya klubiga o'tdi
01 avg 2023 11:30
Yangiliklar
"Beshiktosh" o'zining rasmiy sayti orqali "Milan" vingeri Ante Rebich bilan shartnoma imzolaganini elon qildi. Tomonlar 2 yillik shartnoma imzolashdi.
Transfer summasi rasman malum qilinmadi. Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, "burgutlar" futbolchi uchun bonuslar bilan birga 2 million evro to'laydi.
Xorvatiyalik futbolchi yangi jamoasidan yiliga 2,5 million evro ishlab topadi. SHuningdek, u shartnoma imzolagani uchun 280 000 evro miqdorida bonus oladi.
Rebich 2019 yildan beri "Milan" safida to'p tepadi. Umuman olganda, 29 yoshli vinger "rossoneri" safida 123 ta o'yin o'tkazib, 29 ta gol urgan va 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar