"Real"ning jismoniy tayyorgarliklar bo'yicha taniqli murabbiyi Zidan bilan kelishmovchiligi tufayli "Inter"ga ketmoqda
10 iyu 2019 17:00
Yangiliklar
"Real"ning jismoniy tayyorgarliklar bo'yicha taniqli murabbiyi Zidan bilan kelishmovchiligi tufayli "Inter"ga ketmoqda
"Real"ning jismoniy tayyorgarliklar bo'yicha murabbiyi Antonio Pintus tez orada "Inter" bosh murabbiyi Antonio Kontening murabbiylar shtabidan joy oladi.
Italiyalik mutaxassis Zidan bilan kelisha olmayotganligi sababli jamoadan ketishga qaror qildi. U o'tgan yil Xulen Lopetegi tayinlanganidan so'ng ham jamoadan ketgan edi. Santyago Solari 2018 yil oktyabrda Lopetegini almashtirgandan so'ng birinchi qilgan ishi Pintusni "Real"ga qaytarish bo'lgan edi.
Antonio o'yinchilar orasida katta figura sanaladi. 57 yoshli Pintus mashg'ulotlarni sevishi bilan mashhur, shuningdek u muntazam ravishda trenajor zalida shug'ullanadi va bu ishi futbolchilarga o'rnak bo'lishi kerak deb hisoblaydi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar