So’nggi yangiliklar

01:19ЕЧЛ. "Ньюкасл" – "Атлетик", "Интер" – "Қайрат" ва бошқа учрашувлар давом этмоқда (онлайн ҳисоб)  0 01:05ЕЧЛ. "Брюгге" – "Барселона". Учрашув голлар кетма-кетлиги билан бошланди (онлайн ҳисоб)  3 01:05ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Боруссия Д" (онлайн ҳисоб)  5 00:45Про лига. "Олимпик-MobiUz" ва "Локомотив" ўртасидаги учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 00:35Лионель Месси МЛС 2025 йилнинг рамзий терма жамоасига киритилди  1 00:07Ашраф Ҳакими икки ойга сафдан чиқди  1 23:47Азизбек Абдумўминов: "Насиб бўлса, кубокни Ўзбекистонга олиб келамиз"  4 23:25U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай – Ўзбекистон 1:2  2 23:15Флик "Барселона"дан кетишни режалаштирмаяпти. Мураббий клубда бахтли  5 22:57ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади  68 22:37Ислом Исмоилов: "Оғир учрашувда ғалаба қозондик. Ўйинни назорат қилдик"  12 22:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистоннинг гуруҳидаги иккинчи учрашувда Ирландия йирик ҳисобда ғалаба қозонди  4 21:59Фарҳод Нишонов: "Агарда улар ўз сифатларини яхшилай олишмаса, топ-футболчи бўла олишмайди"  0 21:39Мирко Йеличич "Олимпик-MobiUz"га қарши ўйиндан сўнг қисқа фикр билдирди  2 21:16ОЧЛ2. Барчаси "Андижон" учун: "Аркадағ" ва "Ал Аҳли" Ашхободда дуранг қайд этишди  3

"Real"ga "yo'q" degan top-10 futbolchi Yangiliklar

"Real"ga "yo'q" degan top-10 futbolchi

Teglar :  Real
"Real" har doim o'z tarkibiga dunyoning eng kuchli futbolchilarini qo'shib olishga harakat qiladi.

Ammo bu borada "qirollik klubi"da ham ko'plab omadsizliklar bo'lgan. Misol uchun, shunday top-futbolchilar ushbu jamoa tarkibida o'ynashga rad javobini bergan.

STIVEN JERRARD

"Liverpul"ning afsonaviy futbolchisi, hozirda "Reynjers" bosh murabbiyi "Santyago Bernabeu"da o'ynashni istamagan. Unda ikki marta "Real" futbolchisi bo'lish imkoniyati bor edi, biroq madridliklar ikki bora yarim himoyachidan rad javobini olgan. 2003 yilda "Liverpul" va "Real" bu borada kelishib olishgandi ham. Ammo o'rtada mablag' muammo bo'lgani uchun transfer amalga oshmagandi.

VISENTE RODRIGES

"Valensiya" vingeri bir vaqtlar o'z poziciyasining eng yaxshilaridan biri edi. "Real" "ko'rshapalakka" taklif bilan chiqqan, biroq rad javobini olgandi. Visentening faoliyati bundan-da yaxshi bo'lishi mumkin edi. Ammo u ko'plab jarohatlar olgani uchun mashhur bo'lib keta olmadi.

PATRIK VIEYRA

Arsen Vengerning sevimlisi 2004 yilda "Real"ga ko'chib o'tishi mumkin edi. Klublar Vieyraning transferini kelishib olishga ham ulgurgandi. Biroq futbolchi Londonda qolishni istagan. Patrik - "Arsenal" tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lib qoldi.

DAVID VILYA

"Valensiya"da o'ynab yurgan vaqtlarida, aniqrog'i, 2008 yilda Vilyaga "Real" anchagina yaxshi shartnoma taklif qilgandi. Biroq nomalum sabablar tufayli transfer ishlari to'xtab qolgandi. Bundan "Barselona" unumli foydalandi va uni o'z safiga qo'shib oldi. Vilya keyinchalik "Atletiko"da ham faoliyat olib bordi.

OSKAR

Braziliyalik 6 yil avval "CHelsi" bilan shartnoma imzoladi. 2013 yilgi intervyusida u "Real" tomonidan qiziqishlar bo'lganini malum qildi. Oskar "Real"da zaxirada o'tirib qolishidan qo'rqib, taklifga rad javobini bergan. Unga shaxsan Joze Mourinoning o'zi "qaymoqranglilar"ga taklif qilgandi.

DAVID SILVA

"Manchester Siti"ning eng yaxshi futbolchilaridan biri 2012 yilda "Real"da ko'rinish berishi mumkin edi. O'shanda unga "Barselona" ham xaridor bo'lgan. Biroq ispaniyalik futbolchi "shaharliklar" tarkibida qolishni istadi. Ayni damda ham Silva - Evropaning eng yaxshi xavbeklaridan biri.

SHINJI KAGAVA

"Borussiya" futbolchisi ham Oskar kabi "Real"dagi faoliyatidan qo'rqqan. Aynan shu sababli yaponiyalik "Bernabeu"ga ko'chib o'tishni istamagan. SHundan keyin SHinji "Manchester Yunayted"da to'p surdi. Biroq shunda ham u o'zining eng yuqori saviyasini namoyish qila olmadi.

RAMIRES

2013 yilda "Real" vakillari qo'ng'iroq qilganida, futbolchi ko'p ham o'ylamagan. U "qaymoqranglilar"ga rad javobini bergan. Ramires "CHelsi" tarkibida ajoyib o'yin namoyish qildi. ECHLning yarim finalida "Barselona" maydonida urgan goli esa faoliyatidagi eng muhimi bo'ldi.

LUIS SUARES

U o'zining "Liverpul"dagi o'yinlari tufayli Ispaniyaning grandlari nazariga tushdi. "Real" ham, "Barselona" ham urugvaylik futbolchi bilan bog'langandi. Mersisayddan ketish arafasida u "Barselona"da o'ynash bolaligidan orzusi bo'lganligi uchun "Kamp Nou"ga ketayotganini malum qildi.

POL POGBA

Pogba "Manchester Yunayted"ga qaytishni, Joze Mourino bilan birga ishlashni istadi. Ikki yil oldin ushbu ikki insonning munosabatlari hozirgidan yaxshiroq edi. Ammo shunday bo'lsa ham, Pogba "Real"ga rad javobini berdi. Hatto "Barselona" tarkibida o'ynashni ham istamadi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика