"Real" xarid qilmoqchi bo'lgan hujumchini CHempionship jamoasi ilib ketdi
03 jan 2018 11:00
Yangiliklar
"Real" xarid qilmoqchi bo'lgan hujumchini CHempionship jamoasi ilib ketdi
"Valensiya" hujumchisi Rafael Mirning "Real"ga o'tishi bekor bo'ldi.
"Real" hamda Mir o'rtasida og'zaki kelishuv bor edi va u xatto "El-Klassiko"ni ko'rish uchun "Santyago Bernabeu"ga taklif qilingan edi.
Biroq so'nggi kunlarda hammasi o'zgardi. CHempionshipda ishtirok etuvchi "Vulverxempton" "Real"dan ko'proq pul taklif qildi. Bundan tashqari, muzokaralarda "Valensiya" sobiq ustozi, hozirda "Vulverxempton"ni boshqarayotgan Nunu Santush ham ishtirok etdi.
Ushbu transferni futbolchining agenti Jorje Mendesh ham xohlamagan bo'lsa kerak, chunki Mendesh va "Real" prezidenti Florentino Peres o'rtasidagi munosabatlar yomon.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar