"Real" Varanning o'rniga kimni xarid qilishi malum bo'ldi
29 mar 2019 12:43
Yangiliklar
"Real" Varanning o'rniga kimni xarid qilishi malum bo'ldi
"Real" jamoani tark etishi kutilayotgan himoyachi Rafael Varan o'rniga futbolchi topib qo'ydi.
Malumotlarga ko'ra, franciyalik o'rnini "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali egallaydi. 27 yoshli senegallik xizmatlariga "qaymoqranglilar" ustozi Zinedin Zidanning shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda.
Kulibalini xarid qilishda muammoga aylanadigan yagona narsa transfer narxi bo'lishi mumkin. Himoyachining bozor narxi 70 mln. evroga baholanmoqda, biroq uning shartnomasidagi tovon puli 150 mln. evro. Neapolliklar o'z futbolchisi bilan xayrlashmoqchi emas. "Real" himoyachini sotib olish uchun tovon pulini to'lashiga to'g'ri keladi.
Oldinroq, Varan faoliyatini "Yuventus" yoki "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkinligi elon qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar