“Real” ustozi bir qator chiziqlarni kuchaytirish niyatida
14 avg 2018 08:01
Yangiliklar
“Real” ustozi bir qator chiziqlarni kuchaytirish niyatida
“Real” Madrid bosh murabbiyi Xulen Lopetegi klub rahbariyatidan joriy “transfer oynasi” vaqtida yanada tarkibni kuchaytirish uchun bir qator futbolchilarni sotib olishni iltimos qildi.
Murabbiyga markaziy himoyachi, hujumchi va “CHelsi”ga ijaraga jo'natilgan Mateo Kovachichni o'rnini bosadigan futbolchi kerak.
Bu haqda AS nashri xabar bermoqda. Jamoa himoyachisi Xesus Valexo jarohat olgan va 4-6 hafta mobaynida maydonga tusha olmaydi. Futbolchi jarohatdan qaytgach, murabbiy 21 yoshli futbolchini ijaraga bermoqchi. Lopetegi shuningdek, 21 yoshli hujumchi Borxu Mayoralga ishonch bildirmoqchi, ammo jamoa uchun yana bir hujumchi zarur deb hisoblaydi.
Ilgariroq, “Real” “Bavariya” yarim himoyachisi Tiago Alkantara va “Yuventus” azosi Miralim Pyanichga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqatilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"
Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин
Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида