"Real" TV: "Nega VAR aralashmadi?"
17 fev 21:14
Yangiliklar
"Real" TV: "Nega VAR aralashmadi?"
"Osasuna" va "Real" o'rtasidagi LaLiganing 24-tur bahsi 1:1 hisobida yakun topgan edi.
56 daqiqada "Osasuna" hujumchisi Ante Budimir jarima maydonchasi ichidan zarba berishga urindi. "Real" futbolchisi Eduardo Kamavinga esa unga halal berishga urindi, ammo Budimirning oyog'ini bosib oldi.
Uchrashuv bosh hakami Munuera Montero VAR ekraniga borib, penalti nuqtasini ko'rsatdi.
"Munuera Montero Kamavinga raqibiga tegib ketganida to'p vaziyatdan uzoqdaligini hisobga olmadi va penalti belgiladi. Nega VAR vaziyatga aralashmadi? Nega buni qayta ko'rib chiqishmadi?
Birinchi taymdagi birorta vaziyatda VARdagilar hakamni ekran qarshisiga chaqirmadi. Qaytaramiz: Birortasida chaqirishmadi. Hayratlanarli. Bu mojaroli hakamlik bo'ldi" - deyiladi "Real" TV efirida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar