So’nggi yangiliklar

16:58Жаҳон чемпионига айланган Бразилия футзалчилари қандай фикрда?  0 16:30Аргентина футзалчилари финалдаги мағлубиятдан сўнг нималар дейишди?  1 16:04Transfermarkt Франция чемпионати футболчиларининг нархини янгилади. Абдуқодир Ҳусановнинг янги нархи қанча бўлди?   9 15:56"Арсенал" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтиришга тайёр  0 15:29Слот "Ливерпуль" тарихига кирди  1 15:00Шенсни қачон "Барселона" сафида майдонга тушиши мумкин?  0 14:36"Пахтакор" - "Динамо" учрашуви таҳлили: ҳакам нечта хатога йўл қўйди?  12 14:14Аббос Файзуллаев РПЛ 11-тур рамзий жамоасидан жой олди  1 13:50Сервер Жепаров Россиядаги амалиёт жараёни ҳақида гапирди  5 13:32Учинчи марта: Сречко Катанец Эрон ва БААга қарши ўйинларда Ўзбекистон термасига ёрдам беролмайди  92 13:20Футзал бўйича ЖЧ. Украина Францияга 7 та гол уриб, 3-ўринни олган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:02"Ливерпуль" "Кристал Пэлас" етакчисини сотиб олмоқчи  0 12:39"Барселона" Фатини қандай ҳолатда ижарага бериши аниқ бўлди  1 12:12Ўзбекистонда кимга "Олтин тўп" топширилди?   9 11:51Ўзбекистон U-15 терма жамоаси финалда Туркияга пенальтилар сериясига кўра мағлуб бўлди  1

“Real” Turinda “Yuventus”ni yanchib tashladi va keyingi bosqich masalasini deyarli hal qildi Yangiliklar

“Real” Turinda “Yuventus”ni yanchib tashladi va keyingi bosqich masalasini deyarli hal qildi

Madridning “Real” klubi kecha ECHL chorak final dastlabki uchrashuvida Turinda “Yuventus” mehmoni bo'ldi va yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu bahs boshlanishidan avval ko'pchilik futbol muxlislari, jurnalistlar, futbol ekspertlari va mutasaddilari “Yuventus”ning imkoniyatlari ko'proq deya fikr bildirishgandi. 

“Real”  kecha “keksa sinora”ni shunchaki mag'lub etmadi. Dastlabki o'yinning o'zidayoq keyingi bosqich masalasini deyarli hal qildi. “Real Madrid”ning ayni damda ichki chempionatda ishlari yurishmayapti. Musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Barselona”dan naqd 13 ochkoga ortda bormoqda. Bu “Real” va “Barselona” o'rtasida juda ham katta tafovut. SHuning uchun Zidan shogirdlari La Ligadan umidlarini uzib bo'lishdi va bor etiborini ECHL musobaqasiga qaratishgan. “Real” har mavsum hech bo'lmaganda bitta sovrinni qo'lga kiritishga harakat qiladi. SHuning uchun ham “qaymoqranglilar” bor etiborini ECHL musobaqasiga qaratgan.

Kecha Krishtianu Ronaldu yana bir bor Buffonni ranjitishga majbur bo'ldi. Uchrashuvning 3-daqiqasida chap qanotdan Isko to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatib berdi. To'pga birinchi bo'lib etib kelgan Krishtianu Ronaldu “Yuventus” darvozasini ishg'ol qildi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. SHundan so'ng ikkala jamoa birin-ketin xavfli hujumlarni uyushtirishdi. SHu kuni “Yuventus”ga omad kulib boqmadi. “Keksa sinora”ning hujumlarini goh himoyachilar bartaraf etishgan bo'lsa, gohida “Real” darvozaboni Keylor Navas jamoasining joniga oro kirdi. 

Bahsning 36-daqiqasida “Real” yarim himoyachisi Toni Kroos raqib jarima maydonchasi tashqarisidan Buffon qo'riqlayotgan darvoza tomon kuchli zarba berdi. Bufonning baxtiga Kroosning to'pga yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi va darvoza to'siniga borib tegdi. Uchrashuvning 45-daqiqasida Paulo Dibala raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. O'yinni boshqarib borgan Juneyt CHaqir bu vaziyatni simulyaciya deya baholadi va Dibalani sariq kartochka bilan jazoladi. Ikkinchi bo'limning 63-daqiqasida “Real” qarshi hujumga o'tdi. O'ng qanotdan Daniel Karvaxal to'pni jarima maydonchasiga uzatib berdi Kritianu Ronaldu chalqanchi uslubda to'pga super zarba berdi va Buffon qo'riqlayotgan darvozani yana bir bor ishg'ol qildi. Ushbu goldan so'ng, “Yuventus” futbolchilari ruhiy tushkunlikka tushib qolishdi. Ronalduning ikkinchi golidan keyin “Yuventus”ga emas Buffonga uchun rahmim keldi. 

66-daqiqaga kelib Paulo Dibala Daniel Karvaxalga nisbatan qo'pol o'ynadi va bosh hakam tomonidan ikkinchi marotaba ogohlantirilib maydondan chetlatildi. Madridda bo'lib o'tadigan javob uchrashuvini Dibala jamoasiga yordam bera olmaydi. Uchrashuvning 71-daqiqasida Krishtianu Ronaldu raqib jarima maydonchasi ichida Marseloga uzatdi, braziliyalik futbolchi osonlik bilan Buffon qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi. "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadigan javob uchrashuvda "Yuventus" yirik hisobda g'alaba qozonishi kerak. Aks holda ECHL musobaqasidagi yurishini shu erda to'xtatadi.

Muallif :
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика