“Real” tarbiyalanuvchisi Xitoyga yo'l olishi mumkin
05 noy 2019 09:00
Yangiliklar
“Real” tarbiyalanuvchisi Xitoyga yo'l olishi mumkin
“Napoli” vakili Xose Kalexonga CHin o'lkasidan taklif tushdi.
“ll Mattino” xabariga ko'ra, “Napoli”ning ispaniyalik 32 yoshli futbolchisi Xose Kalexon Xitoy klubiga o'tishi mumkin. Xose neapolliklar safida avvalgidan kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani sabab yanvardayoq boshqa jamoaga o'tishi mumkin.
Takidlanishicha, uning xizmatlariga “Dalyan Ifan” klubi qiziqish bildirmoqda. Qayd etish lozim, ushbu jamoada “Napoli”ning sobiq sardori Marek Gamshik ham to'p suradi.
Malumot uchun, Kalexon joriy mavsum A Seriyada 11 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar