"Real" sudda g'olib bo'ldi
23 may 2019 00:26
Yangiliklar
"Real" sudda g'olib bo'ldi
"Real" Evropa komissiyaga qarshi bo'lgan sud jarayonlarida g'oliblikka erishganini malum qildi.
Oldinroq klub 2011 yilda er sotib yuborishda davlatdan yordam olgani borasida ayblangandi.
"Real" 1998 yilda 488 ming evro evaziga las Tablasdan er sotib olgan, 2011 yilda uni sotib yuborgandi. Unda 22 millionlik sport majmualari qurilgandi.
Uning o'rniga "Real" "Santyago Bernabeu"ning ro'parasidan er olgandi. Kelajakda bu erda mehmonxona va savdo markazi qurilishi kerak edi.
2016 yilda "Real"ga ushbu pullarni Madrid amaldorlariga qaytarish shartini qo'yishdi. Keyinchalik "Real" bunga appelyaciya berdi va yakunda sudda g'olib bo'ldi.
Endi "Real" 18,4 million evro hamda yana foiziga 2 million evroni qo'lga kiritadi. Barcha pullarni Evropa komissiyasi to'laydi.
Fikrlar