“Real” sobiq hujumchisi turk klubiga o'tishi mumkin
29 dek 2020 08:50
Yangiliklar
“Real” hamda PSJ jamoalari sobiq hujumchisi Xese Rodriges faoliyatini “Fenerbahche” klubida davom ettirishi mumkin. 27 yoshli Xese ayni damda erkin agent hisoblanadi. Futbolchi bir necha hafta oldin PSJ bilan shartnomasini bekor qilgandi. 2020/21 yilgi mavsumda futbolchi parijliklar safida jami 22 daqiqa maydonda harakat qilgandi, xolos.
Fikrlar