"Real" Ronalduning transferi borasida bir qarorga keldi
20 mar 2021 12:49
Yangiliklar
"Real" Ronalduning transferi borasida bir qarorga keldi
Madridning "Real" klubi bosslari "Yuventus"da o'ynayotgan hujumchi Krishtianu Ronaldu uchun katta mablag' sarflamoqchi emaslar.
"Qirollik klubi" 36 yoshli futbolchiga moliyaviy inqiroz sabab ramziy mablag' taklif qilishga tayyor. Bundan tashqari ispan grandi bitimga yarim himoyachi Iskoni qo'shishi mumkin.
Krishtianuga kelsak, unda faqatgina bir yillik mehnat shartnomasi bo'ladi.
Portugaliyalik futbolchining "keksa sinora" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Ronaldu joriy mavsum A Seriya doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar