"Real" Regilonni ortga qaytarishga qaror qildi
12 dek 2020 11:47
Yangiliklar
"Real" Regilonni ortga qaytarishga qaror qildi
"Tottenxem"ga Madridning "Real" klubidan o'tgan himoyachi Serxio Regilon yozda "qirollik klubi"ga qaytishi mumkin.
23 yoshli futbolchi Angliya chempionatiga joriy yilning sentyabr oyida 30 million evro evaziga o'tgandi. SHu bilan birga bitimda o'yinchini 45 million evaziga qayta xarid qilish huquqi bor edi va madridliklar shu banddan foydalanishmoqchi.
Ispan klubi Regilonni 33 yoshli braziliyalik himoyachi Marseloning bo'sh o'yini sabab ortga qaytarmoqchi.
Serxio joriy mavsum "Tottenxem" tarkibida barcha musobaqalarda 12ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi.
Fikrlar