"Real" rahbariyati Eriksenni, Zidan esa Pogbani sotib olishni xohlamoqda
05 iyu 2019 17:10
Yangiliklar
"Real" rahbariyati Eriksenni, Zidan esa Pogbani sotib olishni xohlamoqda
"Real" rahbariyati va bosh murabbiyning xohishlari bir-biriga to'g'ri kelmayapti.
Rahbariyat "Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksenni sotib olmoqchi bo'lsa, bosh murabbiy jamoasida "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani ko'rgisi kelmoqda.
Klubda transferlar siyosati tufayli kelishmovchiliklar yuzaga kelgan bo'lsa ham, "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres Zidanni xohishini inobatga olgan holda Pogba bilan shartnoma imzolashi mumkin.
O'z navbatida, daniyalik futbolchi "Tottenxem"dan ketib, shu yozda "qaymoqranglilar" klubiga o'tishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Real" yaqinda "Ayntraxt" futbolchisi Luka Yovichni xarid qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar