"Real" Pochettino bilan shartnoma tuzishi uchun deyarli 50 mln. evro to'lashi kerak bo'ladi
01 iyu 2018 12:17
Yangiliklar
"Real" Pochettino bilan shartnoma tuzishi uchun deyarli 50 mln. evro to'lashi kerak bo'ladi
"Real" "Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoni klubga olib kelishi uchun katta mablag' sarflashiga to'g'ri keladi.
Kecha, 31 may kuni "qaymoqranglilar" ustozi Zinedin Zidan o'z vazifasini tark etgani haqida malum qildi.
Malumotlarga ko'ra, argentinalik mutaxassisning "shporlar" bilan imzolagan yangi shartnomasida tovon puli belgilangan. Bitim bo'yicha, Pochettino yiliga 9,6 mln. evro ishlab topadi. "Tottenxem" o'z murabbiyi bilan xayrlashmoqchi emas va agar "qaymoqranglilar" uning shartnomasini sotib olmoqchi bo'lsa, "Real"dan 48 mln. evro talab qilmoqchi.
Oldinroq, Pochettino "Real" bosh murabbiyi bo'lish uchun asosiy nomzodlardan biri ekanligi xabar qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar