KJCH. 7-daqiqadayoq bir kishi kam bo'lib qolgan "Real" "Pachuka"ga 3 ta gol urdi
23 iyu 02:04
Yangiliklar
KJCH. 7-daqiqadayoq bir kishi kam bo'lib qolgan "Real" "Pachuka"ga 3 ta gol urdi
O'yin "qaymoqranglilar" foydasiga 3:1 hisobi bilan yakunlandi. Uchrashuv AQSHning Sharlotta shahridagi "Bank of America" stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuvni Ramon Abatti (Braziliya) boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.
"Real" tarkibida Raul Asensio 7-daqiqada qizil kartochka oldi. Uchrashuvning 35-daqiqasida Jud Bellingem ispanlarni oldinga olib chiqdi. 43-daqiqada Arda Gyuler "qirollik klubi"ning ikkinchi golini urdi. 70-daqiqada Federiko Valverde hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. Uchrashuvning 80-daqiqasida Elias Montel meksikaliklar uchun hisobni qisqartirdi.
Bu o'yindan keyin "Real" to'rt ochko bilan "H" guruhida peshqadamlik qilmoqda, "Pachuka"da ochko yo'q va jamoa so'nggi o'rinda bormoqda.
1-turda "Real" Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi bilan durang o'ynadi (1:1), "Pachuka" esa "Red Bull Zalcburg" jamoasiga mag'lub bo'ldi (1:2).


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar