"Real" nega Beylni sotmoqchi ekanligi malum bo'ldi
10 apr 2019 10:08
Yangiliklar
"Real" nega Beylni sotmoqchi ekanligi malum bo'ldi
"Real" yozgi transfer oynasida uelslik hujumchi Garet Beyl bilan xayrlashishni reja qilgan.
Malumotlarga ko'ra, futbolchining boshqa klubga o'tishiga klub Beyl uchun so'raydigan mablag' va o'yinchining maoshi halaqit qilishi mumkin.
Garetning o'zi kelasi mavsumni Madridda o'tkazishga qarshi emas, ammo u "Real" transferga tayyorlanayotganini yaxshi biladi. Hozircha uelslik borasida takliflar kelib tushmadi. Malum bo'lishicha, "Qirollik klubi" muxlislar, jurnalistlar va "Real"ning bazi vakillari futbolchiga ishonmay qo'ygani tufayli Garetni sotmoqchi. Tibo Kurtua Beyl jamoaning tushliklariga kelmayotganidan norozi.
Joriy mavsum Beyl "Real" safida 38ta uchrashuvda maydonga tushib, 14ta gol urdi va 5ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar