"Real" Nacho bilan shartnomani 2023 yilga qadar uzaytirdi. U 20 yildan beri klubda
08 iyu 2021 18:05
Yangiliklar
"Real" Nacho bilan shartnomani 2023 yilga qadar uzaytirdi. U 20 yildan beri klubda
"Real" himoyachi Nacho Fernandes bilan shartnoma uzaytirilganini elon qildi.
31 yoshli o'yinchining yangi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi "Real" akademiyasiga 20 yil oldin, aniqrog'i 2001 yilning 1 iyulida kelgan edi.
U klubning o'smirlar va yoshlar jamoasida, "Kastilya"da o'ynagan, 2013/14 yilgi mavsumdan esa asosiy jamoaning o'yinchisi hisoblanadi.
Futbolchi o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar