"Real" mutaxassisi O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashdi
20 dek 2017 17:57
Yangiliklar
"Real" mutaxassisi O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashdi
Mana shu maqsadda, serbiyalik 56 yoshli mutaxassis Zavisha Milosavlevich ayni paytda yurtimizda bo'lib turibdi. SHuningdek, bugun bolalar futboli bo'yicha yana bir mutaxassis, "Real Madrid" akademiyasida faoliyat yurituvchi ispaniyalik Kiko Zuniga Toshkentga etib keldi.
Kiko Zuniga O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashib, mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish bo'yicha o'zining dasturini taqdim etdi.
O'FF rahbariyati tomonidan bu dastur o'rganib chiqilib, maqul deb topilsa, Kiko Zuniga bilan ham shartnoma imzolanadi. Ispaniyalik mutaxassis hududlardagi bolalar futboli murabbiylari bilan uchrashish, u erdagi holatni o'rganish maqsadida, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlariga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Fikrlar