"Real" himoyachisi: "Solari uchun jon berishga tayyormiz"
12 noy 2018 11:32
Yangiliklar
"Real" himoyachisi: "Solari uchun jon berishga tayyormiz"
"Solari effekti? Bazida futbolda javoblar bo'lmaydi. Bu muhim emas. Biz Santyago Solari uchun jon berishga tayyormiz. U ishonchimizni qozonmoqda. Terma jamoalar tanaffusidan oldin g'alaba qozonish va xursand bo'lish hammasidan muhim edi.
Murabbiyni biz tanlamaymiz. Qarorlar tepada qabul qilinadi. Biz bu inqirozni engib o'tishimiz uchun ishlashimiz kerak. Solari ajoyib murabbiy, u qolishini istaymiz.
Jarohatlar? Futbol - kontaktli sport turi. Bunaqasi bo'lib turadi. O'z o'yinimizni ko'rsatdik, raqib qaltisroq harakat qildi.
"Selta" qarshi hujumda yaxshi o'yin ko'rsatadigan kuchli jamoa. Bugun jang bo'ldi, janglarda esa g'alaba qozonish kerak.
So'nggi haftalar biz uchun muammoli bo'lgandi: Yomon natijalar, murabbiyning ketishi. Ammo asta-sekinlik bilan o'zimizga bo'lgan ishonchni tiklab, yaxshi jamoa ekanligimizni isbotlayapmiz" - deydi Odriosola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar