"Real" faqat bir marta ilk o'yinda yutib, keyingi bosqichga chiqa olmagan
01 may 2018 15:44
Yangiliklar
"Real" faqat bir marta ilk o'yinda yutib, keyingi bosqichga chiqa olmagan
Bugun, 1 may kuni "Real" hamda "Bavariya" o'rtasida CHempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk o'yin 2:1 hisobida "Qirollik klubi" g'alabasi bilan yakun topgan edi.
Madrid klubi faqat bir marta evrokuboklar pley-offining ilk uchrashuvida g'olib bo'lib, javob uchrashuvida mag'lubiyatga uchragan. Bu 1994/1995 mavsumdagi UEFA Kubogida sodir bo'lgan. O'shanda Daniyaning "Odense"ga qarshi birinchi o'yinida 3:2 hisobida g'alaba qozongan "Real", o'z uyidagi javob uchrashuvida 0:2 hisobida yutqazgan.
Fikrlar