"Real" Edegorning narxini tushirishga tayyor
16 avg 2021 15:50
Yangiliklar
"Real" Edegorning narxini tushirishga tayyor
"Real" "Arsenal"ga o'tishga yaqin bo'lgan yarim himoyachi Martin Edegorning narxini tushirishga tayyor.
Oldinroq, "qaymoqranglilar" o'yinchi uchun 40 million evro xohlashgan edi, ammo ular hozir uni 30 mlnga qo'yib yuborishga tayyorlar.
"Kanonirlar" bunday narxni to'lashga tayyorlar va hozirda tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda. O'yinchining o'zi ham klubini o'zgartirishga qiziqmoqda, sababi uni La Liga mavsumi uchun qaydnomaga kiritishmadi.
Eslatib o'tamiz, Edegor 2015 yilda "Real" o'yinchisiga aylangan edi. U o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Arsenal"da ijara asosida o'tkazdi. Martin 20ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar