"Real" direktori belgilanmagan penalti haqida: "VAR nega har xil qaror qabul qilishini tushunmayman"
03 noy 2019 10:59
Yangiliklar
"Real" direktori belgilanmagan penalti haqida: "VAR nega har xil qaror qabul qilishini tushunmayman"
"Real" direktori Emilio Butrageno "Betis"ga qarshi bahsdan (0:0) so'ng hakamlik haqida fikr bildirdi.
82-daqiqada sevilyaliklar himoyachisi Zuxair Feddal o'z jarima maydonchasi ichida Karim Benzema uzatmasini qo'li bilan qaytardi, ammo VAR tekshiruvidan keyin 11 metrlik jarima zarbasi belgilanmadi.

"Bu qarorga tushunmadim. O'sha vaziyatda qo'l to'p yo'nalishini to'liq o'zgartirdi, ammo penalti belgilanmadi.
VAR nega har xil qaror qabul qilishini tushunmayman. Bunday vaziyatlarda tizim orqali aniq qaror chiqarilishi kerak, biroq ushbu o'yinda bu holat kuzatilmadi.
11 metrlik jarima zarbasi bo'ladi deb o'ylagandik, ammo kutganimizdek bo'lmadi" - deydi Butrageno.
"Real" - "Betis" uchrashuvini Xose Mariya Martines boshqardi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar