"Real" - "Bavariya". Uchrashuv haqida biz bilishimiz kerak bo'lgan 9 narsa (+foto)
19 apr 2017 11:08
Yangiliklar
"Real" - "Bavariya". Uchrashuv haqida biz bilishimiz kerak bo'lgan 9 narsa (+foto)
Ko'pchilikning fikricha, hakam uchrashuv taqdirini o'zgartirib yubordi. Boshqalar esa aksincha, "Real" munosib ravishda g'alabani qo'lga kiritdi deb o'ylamoqda. Biz bu bahslarga aralashmaymiz va ushbu uchrashuvda siz bilishingiz kerak bo'lgan 9 ta narsani etiboringizga havola qilamiz.
1.Simpsonlar "Santyago Bernabeu"da
Hozirgi bolalar 1989 yilda yaratila boshlangan Simpsonlarni bilmasliklari mumkin, ammo bu qahramonlar boshqa avlodning yuragida. 600 ta qismdan so'ng ular hozir ham mavjud va bu multqahramonlar "Santyago Bernabeu"ga tashrif buyurishdi.
2. "Real" muxlislarining sodiqligiga hech qachon shubha qilmang
"Qirollik klubi" muxlislari "Bavariya"ga qarshi bahs boshlanishidan bir necha soat oldin "Real" avtobusini chempionlardek kutib olishdi. Bu Madridda sodir bo'lgan ilk holat emas.
3. Serxio Ramosda yubiley
"Real" himoyachisi va sardori Serxio Ramos "Bavariya"ga qarshi bahsda maydonga tushib, faoliyatidagi 100 CHempionlar ligasi uchrashuvida o'ynadi.
"Sevilya" tarbiyalanuvchisi CHempionlar ligasini ikki marotaba qo'lga kiritgan va hozirgacha ushbu turnirda 10 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
4. Riberidan Modrichga salom
"Real" yarim himoyachisi, ayni damda maestro nomi bilan chaqirila boshlagan Luka Modrich "Bavariya" futbolchisi Frank Riberi tomonidan "haqorat qilindi". Birinchi bo'limda franciyalik hujumga o'tayotib yaqinlashib kelayotgan Modrichning oyoqlari orasida to'pni olib o'tdi. Bu esa futbolda juda alamli holat hisoblanadi. Ammo xorvatiyalikning xafa bo'lishiga hojat yo'q. CHunki "Real" yarim finalga chiqdi.
5. "Real" birinchi bo'lib gol o'tkazishni davom ettirmoqda
"Qaymoqranglilar" birinchi bo'lib gol o'tkazmasa o'zini yaxshi his qilmasa kerak. Bu safar ham "Qirollik klubi" darvozasidan birinchi bo'lib gol olib chiqdi. Biroq avvalgi o'yinlar kabi raqibga munosbi javob qaytardi. "Real" "Bavariya"ga qarshi chorak finalning ilk o'yinida ham ilk golni darvozasidan olib chiqqan edi. "Napoli" bilan uy va mehmondagi bahslarda ham xuddi shunday bo'lgan. Bu qo'shimcha jangovarlik ruhini qo'shsa kerak-da.
6. Karlo Anchelotti nomi tezda unutilmaydi
Anchelotti 2014 yilda "Real" bilan "La Desima" (o'ninchi CHempionlar ligasi sovrini)ni qo'lga kiritgan. 11 yillik quruq seriyadan so'ng o'sha uzoq kutilgan muvaffaqiyat qo'lga kiritildi. Serxio Ramos sobiq ustozi Karlo otaga hurmat bajo keltirdi.
7. Arturo Vidal - oyog'i bor muammo
Futbolchi gol urib, penaltini amalga oshira olmasa va bunga qo'shimcha ravishda qizil kartochka olsa, uni omadsiz deyish mumkinmi?
Arturo Vidal ham xuddi shunday. Avvaliga gol urdi, keyin "Real" darvozasiga belgilangan penaltidan foydalana olmadi, javob o'yinida esa bira to'la myunxenliklarni bir kishi qoldirib ketdi.
"Yuventus" sobiq futbolchisi uchun bu ikki hafta omadsiz keldi.
8. Serxio Ramos 30 soniyada hammasini joyiga tushirdi
"Real" hisobni tenglashtirganidan so'ng (1:1), 60 soniya ichida yana gol bo'ldi.
"Bavariya" to'pni o'yinga kiritdi va bir necha soniya o'tib Myunxen klubi oldinga chiqib oldi. Nemis jamoasi bu vaziyatda 30 soniyada ustunlikni tiklagan Ramosga (avtogol) aytishlari kerak.
9. "Real" yarim final rekordini o'rnatdi
"Qirollik klubi" ketma-ket ettinchi marotaba turnir yarim finaliga chiqqan ilk jamoaga aylandi. "Real" 2010 yildan beri musobaqaning kuchli to'rtligiga kirmoqda.
Fikrlar