So’nggi yangiliklar

19:07"Реал" Куртуани йўқотди  2 18:30"Ливерпул"нинг ёзги трансфер ойнаси учун асосий мақсади маълум  1 18:14Суперлига. "Бухоро" – "Динамо" 2:1 (Матнли трансляция)  12 18:06Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди  61 17:35Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Япония билан ўйнайди  3 16:39ФИФА "Хоразм" футболчиси бўйича қарор чиқарди  1 16:07"Манчестер Сити" аллақачон Гвардиолага ўринбосар изламоқда. Мураббийнинг ўзи бунга қандай қарайди?  7 15:28Лапорта "Барселона" "Камп Ноу"дан кўчишини эълон қилди  3 14:42Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Ҳожиакбаров: "Андижон" бугун ғалаба қозона олмаса, мухлислар кечирмайди"  5 14:19Қозоқ клуби МЮ собиқ футболчиси билан шартнома тузиши мумкин  1 13:54"Қўқон-1912" "Навбаҳор" устидан ғалаба қозонган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 13:27"Арсенал" аввал амалга ошириб бўлмаган трансфер мақсади учун катта пул тўлашга тайёр  4 12:59"Сиёсий вазият турнирни бутунлай сояда қолдирмоқда": Лёв Америкадаги ЖЧ бўйича хавотир билдирди  5 12:30"Реал"нинг 18 ёшли футболчиси ЕЧЛда рекорд ўрнатди  18 12:03Бундеслиганинг энг яхши ҳужумчиларидан бири фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  3

"Real" - "Barselona". Uchrashuv haqida biz bilishimiz kerak bo'lgan 5 ta muhim jihat (+foto) Yangiliklar

"Real" - "Barselona". Uchrashuv haqida biz bilishimiz kerak bo'lgan 5 ta muhim jihat (+foto)

"Real" LaLiganing 33-turida "Barselona"ni "Santyago Bernabeu"da qabul qildi.

Bu bahsda "Qirollik klubi" 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. tiboringizga ushbu uchrashuvning 5 muhim jihatini suratlar bilan taqdim etamiz.

1. Muxlislar "El-Klassiko"ni ushbu jamoalarning sobiq futbolchilari bilan tomosha qilishdi

"El-Klassiko" dunyoda eng ko'p muxlis yig'a oladigan sport voqeasi hisoblanadi. O'yin jahon bo'ylab 400 mln. teletomoshabin yig'a oladi.

"Barselona" sobiq himoyachisi Karles Puyol ushbu uchrashuvni Greciyaning Saloniki shahrida minglab qochoqlar bilan birgalikda tomosha qildi.


"El-Klassiko"ning sobiq ishtirokchilari Raul Gonsales hamda Janluka Zambrotta Manxettonda "El-Klassiko"gacha boshlovchilik qilishdi va muxlislarni zeriktirishmadi.



2.Messidan navbatdagi rekordlar

Messi deyarli barcha rekordlarni yangilagandek edi, ammo "El-Klassiko"dagi uning birinchi goli argentinalikka yangi natija olib keldi.

Messi LaLiga doirasida "El-Klassiko" uchrashuvlarida eng ko'p gol urgan futbolchiga aylandi (16 ta gol) va Alfreda Di Stefanoda o'tib ketdi. Uning ikkinchi rekordi - Leo "Barselona" safida 500 golini urdi.


3. Lionel tishini sindirib olgan bo'lishi mumkin

Messi hamda Marselo o'rtasidagi kurashlar doimo janjal va jarohatlar bilan tugagan.

"Barselona"ning 10-raqamli futbolchisi to'p uchun kurashda Marseloning tirsagiga urildi va og'zini ushlab chimga yiqildi. Biroz o'tib operatorlar og'zi qon bo'lgan Messini ko'rsatishdi.





4. Stadionda ikkala jamoa safida to'p tepgan futbolchilar bor edi

Ha, ularning ikki nafari o'yinni "Santyago Bernabeu"da tomosha qildi. Braziliyalik Ronaldo avval "Barselona"da o'ynab, keyin "Real" sharafini himoya qilgan. Xuddi shu ishni portugaliyalik Luish Figu ham takrorlagan.



5. Ramos "El-Klassiko"da qizil kartochka olishni, Alexandro Ernandes esa unga qizil kartochka berishni yoqtiradi

"Real" himoyachisi Serxio Ramosning "El-Klassiko"da qizil kartochka olishi ko'pchilik uchun hayron qolarli voqea emas, chunki u faoliyati davomida 22 marotaba o'yindan chetlatilgan va shularning 5 tasi "Barselona"ga qarshi bahsda bo'lgan.

Ramos ikki oyog'i bilan Messiga tashlangani uchun 77-daqiqada hakam Alexandro Ernandes tomonidan chetlatildi. O'tgan yil "Kamp Nou"da xuddi shu hakam Serxio Ramosga qizil kartochka ko'rsatgan edi.




Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика