"Real" "Atletiko" o'yinchisiga yiliga 12 mln evro maosh taklif qilgan
06 sen 2018 19:14
Yangiliklar
"Real" "Atletiko" o'yinchisiga yiliga 12 mln evro maosh taklif qilgan
Himoyachi Lyuka Ernandesning "Real"ga amalga oshmay qolgan transferi detallari malum bo'ldi.
Oldinroq, Madrid klubi Jahon chempionini sotib olish uchun uning shartnomasidagi 80 million evrolik tovon pulini berishga tayyorligini malum qilgan edi. Ammo, Ernandesning o'zi "Real" bilan muzokaralar olib borishni rad etgandi.
"France Football"ning malum qilishicha, "Real" Ernandesga yiliga 12 mln evro maosh berishga tayyor bo'lgan va unga 5 yillik shartnoma taklif qilgan.
22 yoshli francuz "Atletiko" bilan shartnomani 2024 yilgacha uzaytirdi. Tovon puli esa 55dan 80 million evroga ko'tarildi. Lyukaning maoshi yiliga 8,5 mln evroga ko'tarildi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum "Atletiko"dan "Real"ga Ernandeslarning kichigi Teo o'tgan edi. Ushbu yozda esa Teo "Real Sosedad"ga ijaraga ketdi.
Fikrlar