"Real" Anchelotti o'rniga 10 yilda 11 ta sovrin yutgan murabbiyni olib kelmoqchi
25 apr 2025 12:30
Yangiliklar
"Real" Anchelotti o'rniga 10 yilda 11 ta sovrin yutgan murabbiyni olib kelmoqchi
Klub italiyalik murabbiy Antonio Kontega jiddiy qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "Todofichajes".
Agar Xabi Alonso va Yurgen Klopp bilan muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Konte "qaymoqranglilar" uchun istiqbolli variantga aylanishi mumkin. Antonio Konte hozirda "Napoli" boshqaruvidagi ilk mavsumini o'tkazmoqda, biroq uning ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar allaqachon faol muhokama qilinmoqda.

"Real" Konteni jamoaga tez moslashib ketadigan va uni g'alaba sari etaklaydigan murabbiy sifatida ko'radi. Italiyalik o'zining ambiciyalari va sermahsul mehnati bilan tanilgan:
Konte murabbiylik faoliyati mobaynida "Yuventus" bilan (2011–2014) uch marta A Seriya chempioni (2011/12, 2012/13, 2013/14) bo'lgan, ikki marta Italiya Superkubogi (2013, 2015) va bir marta Italiya Kubogini (2015) qo'lga kiritgan.
"Чelsi"da (2016-18) APL (2016/17), Angliya Kubogi (2017/18) va Angliya Superkubogini (2017) yutgan.
"Inter" bilan (2019–2021) A Seriya (2020/21) chempioniga aylangan va 2021 yil Italiya Superkubogiga egalik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar