So’nggi yangiliklar

13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  0 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  3 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  1 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  3 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  2 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  5 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5

"Real" 2023 yilning yozida Bellingem uchun 90 mln evro beradi. Transfer "Liverpul" va "CHelsi"ning qiziqishi sabab 100+ mln evroga amalga oshishi mumkin Yangiliklar

"Real" 2023 yilning yozida Bellingem uchun 90 mln evro beradi. Transfer "Liverpul" va "CHelsi"ning qiziqishi sabab 100+ mln evroga amalga oshishi mumkin

"Real" Dortmundning "Borussiya" jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem bilan shartnoma imzolamoqchi.

Madrid klubi kelasi yozda Dortmund klubiga tez orada 19 yoshni qarshilaydigan yarim himoyachi uchun 90 mln evro atrofidagi mablag'ni taklif etadi. Ammo, Angliya klublarining Bellingem xaridiga qiziqishi sabab bu katta narx evaziga amalga oshishi mumkin – 100 mln evro. Jud uchun davogarlar orasida "Liverpul" va "CHelsi" bor.

Bellingemni "Real"ning 2023 yilning yozidagi bosh transfer maqsadi sifatida aytishmoqda. Agar xarid amalga oshsa, "Real" yarim himoyani qayta qurishdagi rejasini amalga oshiradi – klub ushbu yozda tayanch xavbeki Orelen CHuamenini xarid qildi, bir yil oldin esa Eduardo Kamavinga bilan shartnoma imzolagan edi. Ushbu futbolchilar Fede Valverde bilan birgalikda Kazemiro, Luka Modrich va Toni Kroos triosining to'laqonli o'rinbosarlari sifatida tilga olinmoqda.

Qayd etish kerakki, Bellingemning "Borussiya" bilan shartnomasida tovon puli yo'q. Uning bitimi 2025 yilda yakuniga etadi, shu sabab transferni amalga oshirishi uchun Dortmund klubi bilan kelishishga to'g'ri keladi.

"Real" har qanday holatda ham Jud bilan ushbu yozda shartnoma imzolashga urinmaydi. Klub yarim himoyadagi qayta qurish bosqichma-bosqich amalga oshishi kerak deb hisoblaydi.

Transferning ushbu yozda amalga oshishiga "Real" qaydnomasida Evroittifoqdan bo'lmagan o'yinchi uchun joy yo'qligidir – Breksitdan so'ng ushbu kvotadan angliyalik o'yinchilar ham joy egalladi (istisno esa Breksit o'tkazilayotgan paytda Evroittifoq mamlakatlaridan bo'lgan klubda harakat qilgan futbolchilar uchun bo'ladi, ammo yangi shartnoma imzolashdan so'ng ular ham ushbu kvotaga qo'shiladi).

Hozirda "Real" qaydnomasidagi ushbu uch joy Vinisius, Rodrigo va Eder Militao bilan banddir. Vinisius ikki fuqarolik uchun hujjatlar topshirdi va u tez orada ispan pasportini oladi. SHundan so'ng ushbu masala bilan Rodrigo va Eder shug'ullanadi – ularning hujjatlari allaqachon tayyor.

Bellingem o'tgan mavsum "Borussiya" tarkibida barcha musobaqalarda 43ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 13ta assist qayd etdi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика