So’nggi yangiliklar

18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  0 18:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама (Матнли трансляция)  13 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  1 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  6 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  23 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  6 15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1 14:4924 ёшли дарвозабон, амалдаги чемпионни ютган мураббий, термага чақирилмайдиган вингер, турни безаб берувчи голни урган хавбек — Суперлигада 28-турнинг энг яхшилари  1 14:27Исақов, Папава, Плетнёв, Умар, Дориев... Суперлига 28-тур рамзий терма жамоаси  0 14:01Гвардиола: "Силва — мен учратган энг ақлли футболчилардан бири"  0 13:29Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин  31

Ravshan Irmatov: "JCH o'yinlari bo'ladigan arenalar ham, terma jamoalar mashg'ulot o'tkazadigan arenalar ham bir xil standart asosida tayyorlanadi" Yangiliklar

Ravshan Irmatov: "JCH o'yinlari bo'ladigan arenalar ham, terma jamoalar mashg'ulot o'tkazadigan arenalar ham bir xil standart asosida tayyorlanadi"

Ayni daqiqalarda Futzal bo'yicha JCH oldidan FIFA va O'FA vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

Anjumanni O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov ochib berdi.


— Avvalambor barchangizni Qurbon hayiti bilan hamda Siz jurnalistlarni kasb bayramingiz bilan tabriklaymiz. Yurtimizda yana bir bayram — xalqimiz va futzalchilarimizni orzusi hisoblangan mundial shukuhi kezib yuribdi.

— O'zbekiston so'nggi yillarda bir qator nufuzli turnirlarga mezbonlik qilib, katta tajriba orttirdi. Bu esa 2024 yilgi futzal bo'yicha JCHga O'zbekistonning mezbonlik qilish imkoniyatini oshirdi, deya olamiz. Qayd etish kerak, bu o'z-o'zidan bo'lmaydi. Mamlakatimizda davlatimiz rahbarligida sportga katta etibor berilmoqda. FIFA Prezidenti Janni Infantino yurtimizga tashrifi davomida davlatimiz rahbari bilan uchrashib, O'zbekiston yirik turnirlarni o'tkazish, mezbonlik qilishga ishtiyoqi yuqori ekanligi, mamlakatimizda so'nggi yillarda ko'plab sohalar singari sportga ham etibor va yondashuv o'zgarib borayotganini qayd etdi.

— Biz avvalgi yillar davomida musobaqalar geografiyasini hududlarga ham ko'chirdik. Qashqadaryo, Namangan, Farg'onada bir qancha xalqaro o'yinlar o'tdi. Bu esa viloyatlarda infratuzilmalarni rivojlantirish, mutaxassislarni xalqaro tajribasini oshirishga xizmat qildi, desak bo'ladi. Yurtimizda futzalga berilayotgan etibor, milliy chempionatimiz va undagi sog'lom raqobat ham futzal bo'yicha Jahon chempionatini yurtimizda o'tkazilishiga sabab bo'ldi, desak bo'ladi.






Foto: Tolibjon Qosimov

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика