So’nggi yangiliklar

01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  24 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  45 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  8 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  18 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  6 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  5 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  4

Ravshan Haydarov: "Yosh bolalarcha xatolar tufayli mag'lub bo'ldik" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Yosh bolalarcha xatolar tufayli mag'lub bo'ldik"

Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Surxon" (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.




"Qiyin o'yin o'tkazdik. Tarkibdagi muammolar jamoamizni bugun ham taqib qildi. Afsuski uch futbolchimiz maydonga tusha olmadi. SHunga qaramay birinchi taymda yomon o'ynamadik, qarshi hujumda harakat qildik. Ikkinchi bo'lim boshida o'z xatolarimiz tufayli ikkita tezkor gol o'tkazib yubordik. SHundan keyingina o'zimizga keldik va gol urib raqibga bosim uyushtirdik. Ikkinchi taymda 20-30 jamoamiz yomon o'ynamadi. Afsuski mag'lub bo'ldik. Tarkibdagi jarohat olgan va kasallarni tuzatishga harakat qilamiz.

Ikkita gol o'tkazgach yo'qotadigan narsamiz qolmagandi, shu bois yigitlar oldinga o'tib hujumkorlikni oshirishdi. Aksiga olib Kasyan jarohat oldi va uni almashtirishga majbur bo'ldik.

Maydonga tushgan yoshlar yomon o'ynashmadi, shijoatlari sezilib turibdi. Mana shu shijoat evaziga ham raqibni o'z jarima maydoni yoniga "qamab" qo'ydik.

Himoyadagi qo'pol xatolarni tahlil qilish kerak. Yosh bolalarcha xato qildik", - deydi Ravshan Haydarov.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика