So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  1 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  1 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  2 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  9 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  8 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  11 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  7 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1

Ravshan Haydarov: "Saudiya Arabistoni – kuchli jamoa" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Saudiya Arabistoni – kuchli jamoa"

O'zbekiston U-20 ustozi Rashvan Haydarov bugun U-20 Osiyo chempionati saralash bahslari uchun tashlangan qura natijalari haqida to'xtaldi.

"U-20 Osiyo chempionati saralashiga qura tashlandi. Xabaringiz bor, musobaqa pandemiya tufayli qoldirilgandi. Bu yoshdagi avlod vakillarida uzilish bo'lgani bois chempionatni o'tkazib yuborishgan. Endi O'zbekiston mezbonlik qilishi munosabati bilan saralash uchrashuvlari ahamiyati yo'qdek, ammo biz hozirgi kunda rasmiy uchrashuvlar tashkil etish mushkul, shuning uchun bunga jiddiy ahamiyat qaratamiz. Qatnashmasligimiz ham mumkin edi, ammo biz ishtirok etishni xohladik. 

O'ylaymanki, ushbu turnirda jamoalar kuchini aniqlab, o'z imkoniyatlarimizni baholab olamiz, bu bizga asqatadi. Tayyorgarlik jarayoni kechmoqda. Saudiya Arabistoniga safar qilamiz, ular bilan bir guruhdan joy oldik. Bundan tashqari, Xitoy, Myanma va Maldiv orollari bilan to'qnash kelamiz. Qiziqarli uchrashuvlar bo'ladi. Jamoalar kuchi to'g'risida tayinli gap aytish qiyin. 

Bu jamoalar kuchiga davlatlari qanday etibor qaratayotganiga qarab baho berish mumkin. Saudiya Arabistoni tizimli ravishda ish olib boradi, har bitta yosh avlodi mavjud, har xil turnirlarda qatnashishadi. SHuni o'zi anglatib turibdiki, Saudiya Arabistoni – kuchli jamoa. Xitoy ham xuddi shunday tizimli tarzda faoliyat olib boradigan jamoalardan biri. U erda ham bolalar futboliga bo'lgan etibor kuchli. Balki pandemiya tufayli turnirlarda uzilishlar bo'lgandir, biroq ichki ish jarayonida faollikni saqlab qolishgani tayin. 

Hozirgi paytda tayyorgarlik jarayonini o'tkazishni boshlaganmiz. Associaciya say-harakatlari bilan FIFA kunlaridan foydalanib, chetga chiqish, birinchi xalqaro musobaqada ishtirok etish arafasida turibmiz. Ozarbayjon va Belarus bilan 2 tadan uchrashuvda qatnashishimiz rejalashtirilgan. SHu o'yinlar orqali jamoamiz saviyasini bilib olamiz", – dedi Haydarov.

O'zbekistonda o'tadigan U-20 Osiyo chempionatining saralash o'yinlariga qura tashlandi. Vakillarimiz guruhda Saudiya Arabistoni va Xitoy bilan to'qnash kelishadi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика