Ravshan Haydarov O'zbekiston U-22 terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi
18 may 2017 11:32
Yangiliklar
Ravshan Haydarov O'zbekiston U-22 terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi
Toshkentning “Paxtakor” klubi ustoziga aylangan Jasur Abduraimov o'rnini O'zbekiston yoshlar termasida Ravshan Haydarov egalladi.
Murabbiylik faoliyati davomida Ravshan Haydarov “Traktor” (1997–2001), “Paxtakor” (2002, 2006–2007, 2010–2011, 2017), “Qizilqum” (2012–2013), Samarqandning “Dinamo” (2013–2014) klublarida bosh murabbiy bo'lib ishlagan.
Uning qo'li ostida “Paxtakor” ikki martadan O'zbekiston chempionati va Kubogida g'olib chiqqan. SHuningdek, Ravshan Haydarov 2002–2005 yillarda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, 2007–2010 yillarda “Paxtakor” klubida bosh murabbiy assistenti, 2014–2015 yillarda O'zbekiston U-19 termasi ustozi lavozimida faoliyat yuritgan.
2015 yildan buyon esa 55 yoshli mutaxassis O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlab kelayotgan edi.
Maulmot uchun, O'zbekiston U–22 terma jamoasi shu yilning 15–23 iyul kunlari 2018 yili Xitoyda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichida ishtirok etadi. Saralash bosqichi uchrashuvlari BAAda bo'lib o'tadi.
championat.asia
Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди
Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти
АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди
ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати
Fikrlar