So’nggi yangiliklar

13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  0 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  0 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   4 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  18 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0

Ravshan Haydarov: Minimal vazifa bajarilgani bilan barchani tabriklayman Yangiliklar

Ravshan Haydarov: Minimal vazifa bajarilgani bilan barchani tabriklayman

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Qatarga qarshi bahsda 6:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuv yakunlangach terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Avvalambor oldimizga qo'yilgan minimal vazifa bajarilgani bilan barchani tabriklayman. O'yin uchun tuzgan barcha rejalarimiz amalga oshdi. Birinchi turdan so'ng Qatar terma jamoasi o'yinini tahlil qildik va to'g'ri taktika tanlay oldik. Ko'rib turganingizdek, bu hisobda ham aks etdi», – dedi terma jamoamiz ustozi.

SHuningdek, terma jamoamiz azosi Rustam Ashurmatov ham uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«O'zbekistondan tashrif buyurgan ko'plab ommaviy axborot vositalari xodimlarini ko'rib juda xursand bo'ldik. Buni kutmagandik. Hammangizga alohida rahmat aytib o'tmoqchimiz. O'yin haqida gapiradigan bo'lsak, bahs bizning nazoratimiz ostida o'tdi. O'yin davomida o'ylab qo'ygan rejalarimizni amalga oshirdik. Navbatdagi uchrashuvlarda ham shu tempda harakat qilamiz va o'yindan-o'yinga kuchayib boramiz», – dedi futbolchi.

Qayd etib o'tish lozimki, ushbu g'alaba orqali futbolchilarimiz muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal qila olishdi. Terma jamoamiz guruhdagi so'nggi uchrashuvni 19 avgust kuni Tayland terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Reyting: +64   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика