So’nggi yangiliklar

07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  2 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  1 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  9 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  5 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  11 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8

Ravshan Haydarov: KXDR terma jamoasiga qarshi o'yin ancha qiyin bo'ladi Yangiliklar

Ravshan Haydarov: KXDR terma jamoasiga qarshi o'yin ancha qiyin bo'ladi

O'zbekiston va Tailand yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida Ravshan Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.
Ikkinchi bo'lim ancha qiyin va bosim ostida o'tdi. O'yinni biz o'zimiz kutganimizdek boshladik va yakunladik. Lekin ikkinchi bo'limda Tailand kuchli istak bilan maydonga tushdi, - deydi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi.

Tailand ancha tezkor va jismonan kuchli jamoa. Biz buni oldindan bilganimiz uchun tayyorgarlikni ham shunga yarasha olib borgan edik, - deya qo'shimcha qildi Haydarov.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi shuningdek, KXDR terma jamoasiga qarshi o'tkaziladigan yarim final o'yini ham ancha qiyin kechishini aytdi.

KXDR yoshlariga qarshi o'yin biz uchun qiyin bo'lishi tabiiy. Ular ham, huddi shu mintaqa terma jamoalariga o'xshab tez harakat qilishadi. Irodasi kuchli jamoa. Bugungi o'yinda ikkita gol kiritgan Zabihillo O'rinboev bugun juda yaxshi o'ynadi. Lekin, keyingi o'yinlarda u hali yana ochiladi, - dedi Ravshan Haydarov.

Tailand yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Sasom Pobpraset esa, o'yindan keyingi matbuot anjumanida O'zbekistondan uchralgan mag'lubiyat uchun uyalmasligini aytib o'tdi: Biz o'zimizdan ancha kuchli jamoaga mag'lub bo'ldik. O'zbekistonga mag'lub bo'lganimizdan uyalmaymiz. Ko'rasiz, O'zbekiston Osiyo CHempionatida g'olib bo'ladi, - dedi Tailand yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика