So’nggi yangiliklar

01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  20 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  44 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  6 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  16 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3

Ravshan Ermatov Qoraqalpog'iston Respublikasidagi futbol bilan bog'liq vaziyat bilan yaqindan tanishdi Yangiliklar

Ravshan Ermatov Qoraqalpog'iston Respublikasidagi futbol bilan bog'liq vaziyat bilan yaqindan tanishdi

Teglar :  Ravshan ErmatovO'FA
Qoraqalpog'iston Respublikasida xizmat safarida davomida mutaxassislar guruhi futbol va sport obektlari holatini ko'zdan kechirish, hududda futbolni ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

Jumladan, Nukus olimpiya zaxiralari kollejida futbol stadionining hozirgi holati, yangidan barpo etilgan 150 o'rinli yotoqxona, kollejning asosiy o'quv binosi, sport zallarida tashkil etilgan davolash markazida yaratilgan sharoitlar ko'zdan kechirildi.

SHundan so'ng, Amudaryo tumaniga tashrif buyurib, bu erdagi futbol sekciyalari faoliyati, o'tkazilayotgan mashg'ulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishildi. Sportchi yoshlar bilan uchrashuv chog'ida hududda sportni rivojlantirish borasidagi dolzarb muammolar yuzasidan o'zaro fikr almashildi.

SHuningdek, Beruniy tumani bolalar-o'smirlar sport maktabida ham bo'lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko'rish yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

Kegeyli tumanida futbol obektlarini o'rganish jarayonida futbol stadioni hamda o'quv binosining umumiy holati qoniqarsizligi aniqlandi. o'z navbatida bolalar-o'smirlar sport maktabi rahbariyatiga aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish borasida tegishli tavsiyalar berildi.

Taxtako'pir hamda Bo'zatov tumanlaridagi bolalar-o'smirlar sport maktablari qoshida yangidan qurilgan sunʼiy qoplamali futbol stadioni 1000 nafar tomoshabinga mo'ljallangan bo'lib, bu erda yaratilgan shart-sharoitlar bemalol respublikamiz miqyosidagi musobaqalarni ham o'tkazish imkonini beradi. Safar davomida futbolga masul rahbarlarga stadion va maydonlardan samarali foydalanish va yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish vazifasi yuklandi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика