So’nggi yangiliklar

15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  5 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  0 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  11 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  3 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  13 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  10 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  5 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1

Ravshan Ermatov kim uchun omadli? Yangiliklar

Ravshan Ermatov kim uchun omadli?

Nihoyat, shuncha gap-so'zdan keyin Ravshan Ermatov yana "Paxtakor" ishtirokidagi bahsni boshqaradi.

Bugun bo'lib o'tadigan "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvini eng taniqli hakam Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abdulhamid Rasulov bilan Jahongir Saidov yordam bersa, Ahrol Risqullaev bilan Valentin Kovalenko darvoza chizig'i yonidagi hakam vazifasini bajarishadi. Xullas bugungi o'yinda hakamlar ko'p.

Lekin hushtak Ermatovning qo'lida bo'ladi. Demak, u nima desa shu. Yaxshi bilasiz, Ravshan Ermatov "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinlarga ko'p ham qo'yilmaydi. Bunga sabab sifatida Ermatovning "Paxtakor" uchun "omadsiz" hakam ekani tilga olinaveradi. Aslida ham shundaymi? Statistikaga murojaat qiladigan bo'lsak, bu hakam boshqargan o'yinlarda "Paxtakor" g'alaba qozongan, lekin mag'lubiyatga ham uchragan.

Keling, shu o'rinda Ermatov boshqargan "Paxtakor"ning oxirgi beshta o'yiniga etibor qaratsak. Ravshan Ermatov o'tgan yil "Paxtakor" ishtirokidagi atigi bitta bahsni boshqardi va jamoa "Dinamo" bilan 0:0 o'ynadi. Bu yil hisobidan esa birinchi marta boshqaradi.

Ermatov boshqargan oxirgi beshta uchrashuvda "Paxtakor" uch marta g'alaba qozonib, bittadan mag'lubiyat va durang qayd etgan. Qizig'i shundaki, 2015 yil Qarshida kechgan "Nasaf" - "Paxtakor" bahsini aynan shu hakam boshqargan va unda "Paxtakor" 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan. Quyida oxirgi beshta o'yinni keltirib o'tamiz.

2015 yil
"Paxtakor" - "Lokomotiv" 2:1
"Nasaf" - "Paxtakor" 0:1

2016 yil
"Lokomotiv" - "Paxtakor" 1:0
"Paxtakor" - "Lokomotiv" 2:1

2017 yil
"Dinamo" - "Paxtakor" 0:0

Ana endi Ermatov boshqargan "Nasaf"ning o'yinlariga etibor qaratsak. Oxirgi beshta o'yinni yodga oladigan bo'lsak, "Nasaf" ikki bor g'alaba qozonib, ikki marta yutqazgan va bitta durang qayd etgan. "Nasaf" o'tgan turda "Bunyodkor" mehmoni bo'lib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. SHu uchrashuvni Ermatov boshqarib bordi. Mana endi "Nasaf"ning ketma-ket ikkinchi o'yinida ham Ermatov va uning brigadasi hakamlik qiladi.

2017 yil
"Bunyodkor" - "Nasaf" 3:2
"So'g'diyona" - "Nasaf" 0:3
"Nasaf" - "Metallurg" 2:0

2018 yil
"Neftchi" - "Nasaf" 0:0
"Bunyodkor" - "Nasaf" 2:1

Umuman olganda Ermatov juda tajribali hakam. Uning uchun turning markaziy bahslarini boshqarish cho't emas. Biz esa ko'proq jamoalardan chiroyli o'yin kutib qolamiz. Mana shunday to'qnashuvlarda futbolchilar o'z salohiyatini namoyon etishini va gollar ko'p bo'lishini xohlaymiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика