So’nggi yangiliklar

16:20Кристенсен: "Умид қиламанки, "Барселона"да қоламан. Менда Б режа йўқ"  0 15:51Жеррард Англия жамоаси бошқарувига келиши мумкин  0 15:27Ўзбекистонлик ҳакамлар Португалия – Бельгия баҳсида ишлайди  0 14:53Ҳоланд, Нету, Винисиус Европанинг энг тезкор футболчилари қаторидан жой олди  2 14:25Мбаппе Упамеканони "Реал"да кўришни хоҳлайди  1 13:58"Челси" собиқ футболчиси юрак муаммолари туфайли касалхонага ётқизилди  0 13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  1 13:05Ўзбекистон МТЖ иштирокидаги мусобақа ТВда кўрсатиладими?  6 12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  5 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  3 11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  4 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  4 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  6 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3

Ravshan Eliboev: "O'sha golim orqali Igitaga javob berdim: "Bu ish o'zbeklarning ham qo'lidan keladi" Yangiliklar

Ravshan Eliboev: "O'sha golim orqali Igitaga javob berdim: "Bu ish o'zbeklarning ham qo'lidan keladi"

"Lokomotiv" futzal jamoasi darvozaboni Ravshan Eliboev 4-tur yakunlari borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- 4-tur o'yinlari haqida. Mavsumda ilk marta mag'lub bo'ldik. Keyin esa og'ir o'tishi kutilgan o'yinda 11ta gol urdik.

- Ushbu turda o'z oldimizga qo'yilgan maqsadga erisha olmadik. CHempionlikdagi asosiy raqobatchimiz AGMKni mag'lub etishni istagandik. Ushbu bahsdan to'g'ri hulosa chiqargan holda "Nasaf" bilan o'yinga maydonga tushdik. Ruxiy va taktik tayyorgarlik yaxshi bo'ldi. SHu orqali o'yinimizni muvaffaqiyatli yakunladik.

- Ushbu mavsumda 2ta gol urdingiz. Mavsum yakunigacha nechta gol urishni istaysiz?

- Darvozabon bo'lib, gol urish yoqimli holat albatta. Bu mavsumda 10ta gol urishni niyat qilganman. Nasib etsa, maqsad sari olg'a boramiz!

- Qozog'iston termasiga qarshi o'yinda masalani hal qilgan golni urdingiz. Buni 1-o'yinda Igitaning goliga javob deb ayta olasizmi?

- Qozog'istonga qarshi ikkala bahs ham biz uchun muhim edi. SHu kunga qadar ulani mag'lub eta olmagandik. Tarixni yangilashni astoydil istadik. SHukurki bunga erishdik ham. Albatta, golim orqali Igitaga javob berdim deb hisoblayman. Bunday ishni qilish bizning ham qo'limizdan kelishini ko'rsata oldik.

- Yangi yil tilaklaringiz.

- Kirib kelayotgan 2022-yil barchamizga quvonch, ulkan g'alabalar, biz sportchilarga esa qo'yilgan vazifalarni alo darajada yakunlab, yuqori o'rinlarni qo'lga kiritish nasib qilsin. Doimo yurtimiz bayrog'i va madxiyasi jahon arenalarida yangrayversin.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика