So’nggi yangiliklar

15:35"Олимпик"нинг қарзи 3 миллиардга етди, 4 ойдан буён маош йўқ  0 15:20"Тоттенхэм" яна оғзидаги ошни "Арсенал"га олдирмоқда   1 14:55"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади  1 14:23"Эвертон" "Саутгемптон" вингерини 50 млн евро эвазига сотиб олди  0 13:55"Фенербахче", "Ризеспор" академиялари қатнашган халқаро турнирда "Бунёдкор-2011" бош совринга эга чиқди, иккинчи ўрин "Пахтакор-2011"га насиб қилди  1 13:35Факт. "Сўғдиёна" ўз тарихида учинчи маротаба Ўзбекистон Кубоги ярим финалига чиқди   1 13:1516 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди   2 12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  4 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  6 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  4 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  7 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  4 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0

Rasmiy xabar: Vadim Abramov - O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Yangiliklar

Rasmiy xabar: Vadim Abramov - O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi

Xabaringiz bor, O'zbekiston futbol associaciyasi hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper o'rtadasidagi shartnoma o'zaro kelishuvga asosan bekor qilindi.

Milliy terma jamoamizda bundan buyon Vadim Abramov bosh murabbiy sifatida faoliyat olib boradi. O'FA murabbiylar kengashi yurtimizdagi taniqli mutaxassislardan biri sanaladigan Vadim Karlenovich nomzodini maqulladi. Bilasiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi ushbu mutaxassis boshchiligida Qatar yashil maydonlarida o'tgan Osiyo kubogi-2011da qita birinchiliklaridagi o'zining eng yaxshi natijasini qayd etgan. SHuningdek, milliy terma jamoamizning o'sha yorqin o'yinlari muxlislarimizning hali ham yodida.

Vadim Abramovga murabbiylar shtabida O'zbekiston milliy terma jamoasi safida uzoq yillar muvaffaqiyatli o'yin ko'rsatgan va endilikda murabbiylik sohasida ham qisqa vaqt ichida tez o'sishga erishib, muxlislar ishonchini qozonishga ulgurgan Timur Kapadze yordam beradi. SHuningdek, o'zbek futboli muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan avstraliyalik tajribali mutaxassis Mirko Yelichich futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bilan shug'ullanadi. Darvozabonlar bilan esa Denis Ivankov ishlashda davom etadi.

Umid qilamizki, yangi murabbiylar shtabi milliy terma jamoamizni katta muvaffaqiyatlarga etaklaydi.

Reyting: +437   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика