So’nggi yangiliklar

20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:30Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  18 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  34 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  0 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  4 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  16 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0

Rasmiy xabar: UZREPORT TV va FUTBOL TV EVRO-2020 musobaqasining eksklyuziv translyaciya huquqini qo'lga kiritdi Yangiliklar

Rasmiy xabar: UZREPORT TV va FUTBOL TV EVRO-2020 musobaqasining eksklyuziv translyaciya huquqini qo'lga kiritdi

Joriy yilning 12 iyunidan 12 iyuliga qadar futbol bo'yicha 16-Evropa chempionati bo'lib o'tadi.

Musobaqaning 60 yillik tarixida birinchi marta chempionat bitta mamlakat hududida emas, balki butun Evropa bo'ylab 12ta shahardagi 12ta stadionda o'tkaziladi.

UZREPORT Axborot Agentligi (UZREPORT TV, FUTBOL TV)  millionlab futbol muxlislarining qiziqishidan kelib chiqqan holda, EVRO-2020 musobaqasini O'zbekiston hududida eksklyuziv translyaciya qilish huquqini qo'lga kiritdi.

Malumot uchun, EVRO-2020 musobaqasida 24ta terma jamoa bosh sovrin uchun bahs olib borishadi. O'yinlar  Ozarbayjon Angliya, Vengriya, Germaniya,  Daniya,  Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, Ruminiya va  SHotlandiya mamlakatlaridagi stadionlarda o'tkaziladi.

O'yinlar Toshkent vaqti bilan soat 18:00, 21:00 va 00:00 da boshlanadi.

UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanali muxlislari EVRO-2020 musobaqasidan o'rin olgan barcha 51ta uchrashuvni jonli efirda, parallel ravishda ikki tilda — o'zbek va rus tillaridagi sharhda  tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

EVRO-2020 o'yinlarini FUTBOL TV sharhlovchilari bilan bir qatorda taniqli rossiyalik sharhlovchilar – Denis Kazanskiy, Aleksandr Elagin va Dmitriy Mostovoylar sharhlab borishadi.

O'yinlardan tashqari telekanallar orqali EVRO-2020 kundaligi - "Highlights"lar ham efirga uzatib boriladi. Bu dastur orqali muxlislar EVRO-2020dan o'rin olgan o'yinlarning eng qiziqarli va hayajonli vaziyatlarni qayta tomosha qilishlari, terma jamoalarning futbolchilari va murabbiylari haqidagi qiziqarli malumotlar, shuningdek, rekordlar va boshqa muhim faktlar bilan tanishib borishlari mumkin bo'ladi.

SHuningdek, Evropa chempionatining markaziy o'yinlari oldidan va uchrashuvlardan so'ng tashkil etiladigan “Futbol studiya” dasturida sharhlovchilar va mutaxassislar tomonidan qiziqarli tahlillar jonli efirda namoyish qilinadi.

Reyting: +67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика