So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  0 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  14 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  21 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Rasmiy xabar: “Metallurg” ikki nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi Yangiliklar

Rasmiy xabar: “Metallurg” ikki nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Xabaringiz bor, o'tgan yilgi mavsumdan keyin “Metallurg” jamoasi bir qator o'yinchilar bilan xayrlashgan edi.

O'z navbatida ijara muddati tugagan futbolchilar ham qadrdon jamoalariga qaytib ketishgach “Metallurg” o'z safini kimlar bilan to'ldiradi, degan savol muxlislarni qiziqtirayotganligi rost.

Ilgari xabar berganimizdek, jamoa Samarqandning “Dinamo” yarim himoyachisi Ixtiyor Toshpo'latov bilan shartnoma imzolagandi. Bu hafta esa bekobodliklar tajribali o'yinchilardan Salamat Quttiboev, iqtidorli hujumchi SHahzodbek Ubaydullaevlar bilan ham rasman kelishuvga erishdi.

Bekobodliklarning yig'inida yana bir qator o'yinchilar ko'rikdan o'tishyapti. Murabbiylar shtabi yangi taklif etilganlarni mashg'ulotlar jarayoni hamda nazorat uchrashuvlarida sinovdan o'tkazishmoqda. SHu kunlar ichida “Metallurg” tarkibida yana yangi nomlar paydo bo'lishi kutilyapti.  

Calamat Quttiboev, 33 yoshda, 1986 yilning 21 may sanasida tavallud topgan.
Ampluasi – yarim himoyachi.

Kuchlilar safida 154 ta uchrashuvda maydonga tushgan. “Mashal” (2010, 2014), “So'g'diyona” (2014), “Olmaliq” (2015), “Lokomotiv” (2017), “Buxoro” (2016, 2017-2019) jamoalarida o'ynagan. Raqiblari darvozasiga 18 ta gol kiritgan. 28 marta ogohlantirilgan.


SHahzodbek Ubaydullaev, 21 yoshda, 1998 yilning 2 mart sanasida tavallud topgan.
Ampluasi – hujumchi.

Faoliyatini “Mashal” jamoasida boshlagan. Superligada 2019 yilgi mavsumni “Andijon” tarkibida o'tkazdi. 24 ta uchrashuvda maydonga chiqdi, 9 ta gol kiritdi. 4 bor sariq kartochka bilan jazolandi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика