Rasmiy xabar: BAAga qarshi o'yindan oldin O'zbekistonda yana bir yo'qotish
14 okt 2024 13:20
Yangiliklar
Rasmiy xabar: BAAga qarshi o'yindan oldin O'zbekistonda yana bir yo'qotish
"O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Oston O'runov Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bilan uchrashuvda jarohat sababli ishtirok eta olmaydi. Futbolchimiz tez fursatda sog'ayib, safga qaytishini tilab qolamiz", - deb yozadi O'FA matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, O'runov 5 oktyabr kuni "Persepolis" safida "CHadormalu"ga qarshi o'yindan oldingi chigilyozdi mashg'ulotda jarohat olgan va asosiy tarkibdan zaxiraga olingan edi. Futbolchi 10 oktyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi safida Eronga qarshi bahsning 71-daqiqasida Abbos Fayzullaevning o'rniga zaxiradan maydonga tushgandi. U Eron bilan o'yindan keyingi mashg'ulotlarning hech birida ishtirok etmadi.
Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi markaziy himoyachisi Rustam Ashurmatov Eron bilan uchrashuvda olgan sariq kartochkasi tufayli BAAga qarshi bahsni o'tkazib yuborishga majbur.

|
Uzbekistan Otabek Shukurov - 76' |
World Cup Qualification AFC 3rd Round Grp. A . 4-tur 15/10/2024, 20:00 0
:
1
Tugadi
|
UAE |
Stadion: 32773 tomoshabin
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar