Rasman: “Turon” o'z safiga Muzaffar Muzaffarov va Abduqahhor Hojiakbarovni qo'shib oldi

Eldor Akmurzayev
27 dek 2020
Yangi mavsumdan Superligada ishtirok etadigan "Turon" o'z tarkibini yanada kuchaytirish maqsadida bir qator transferlarni amalga oshirmoqda.

"Jamoamiz tajribali futbolchilar Muzaffar Muzaffarov va Abduqahhor Hojiakbarovlar bilan kelishuvga erishdi. Endilikda ushbu futbolchilar yangi mavsumni "Turon" tarkibida o'tkazadi.

Ma'lumot uchun, Muzaffar Muzaffarov o'tgan mavsumni "Qo'qon-1912" jamoasida o'tkazgan bo'lsa, Abduqahhor Hojiakbarov "Surxon" safida o'ynagan", deb yoziladi klub xabarida.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: "Турон" клуби матбуот хизмати