Rasman: Ten Hag – "Bayer"da Xabi Alonso o'rnini egalladi
26 may 14:19
Yangiliklar
Rasman: Ten Hag – "Bayer"da Xabi Alonso o'rnini egalladi
"Manchester Yunayted" va Amsterdamning "Ayaks" klublari sobiq ustozi Erik ten Hag rasman Leverkuzenning "Bayer" jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.
"Farmacevtlar" matbuot xizmatining xabar berishicha, 55 yoshli niderlandiyalik mutaxassis leverkuzenliklar jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Ten Hagning "Bayer" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Takidlash joizki, mutaxassisning so'nggi ish joyi "Manchester Yunayted" bo'lgan. Ten Hag "qizil iblislar" bilan 2022 yilning yozidan 2024 yilning oktyabrigacha ishlagan. Qayd etish joiz, ten Hag qo'l ostida Manchester klubi Angliya Kubogi va Liga Kubogini qo'lga kiritgan.
Eslatib o'tamiz, bungacha "Bayer"da yaqinda "Real"ni rasman boshqarishga kirishgan Xabi Alonso ishlab kelayotgandi. Ispaniyalik mutaxassis 2023/2024 yilgi mavsum Bundesliga chempionligini qo'lga kiritgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar