Rasman: "Sevilya" Dolbergni ijaraga oldi
01 sen 2022 17:09
Yangiliklar
Rasman: "Sevilya" Dolbergni ijaraga oldi
"Sevilya" "Nicca" va Daniya terma jamoasi hujumchisi Kasper Dolberg bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.
24 yoshli futbolchi Ispaniya klubida mavsum oxirigacha ijarada o'ynaydi. "Marca" xabariga ko'ra, kelishuvda ko'rsatilgan to'lov miqdori taxminan 20 million evroni tashkil qiladi. "Sevilya" ushbu summani to'lab, futbolchini sotib olish huquqiga ega.
Daniyalik hujumchi "Nicca"ga qadar "Ayaks" va “Silkeborg” klublarida to'p tepgan.
24 yoshli forvard o'tgan mavsum "Nicca" safida barcha musobaqalarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar