Rasman: "Paxtakor" chernogoriyalik Martinovich bilan shartnoma imzoladi
		
		21 iyu 2022 14:02
        Yangiliklar	
	 
				 
				Rasman: "Paxtakor" chernogoriyalik Martinovich bilan shartnoma imzoladi
Superliga klublari 2-davraga tayyorgarlikni davom ettirish bilan birga tarkibni shakllantirishga ham intilishmoqda.
			Mamlakatimizning amaldagi chempioni "Paxtakor" CHernogoriya terma jamoasi himoyachisi Iliya Martinovichni o'z safiga qo'shib oldi.
28 yoshli Martinovich faoliyatini CHernogoriyaning "Lovchen" klubida boshlagan. Keyinchalik u Sloveniyaning "Alyuminiy" va "Maribor" klublari safida o'ynagan. Ukrainaning "CHernomorec" klubida esa ushbu mamlakatdagi vaziyat tufayli o'ynay olmadi va yurtiga qaytdi. Ushbu himoyachi CHernogoriya terma jamoasida uch o'yinda maydonga tushgan. Martinovich bilan bir yarim yillik shartnomaga imzo chekildi.

"Umid qilamizki, Martinovich jamoamiz bilan ko'plab g'alabalarga erishadi. "Paxtakor"ga xush kelibsan, Iliya!", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.

O’xshash yangiliklar
 championat.asia
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	 
             "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
                    "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
                    Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
                    Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
                    Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar