Rasman. Messi Olimpiadada ishtirok etmaydi
02 fev 2016 08:27
Yangiliklar
Rasman. Messi Olimpiadada ishtirok etmaydi
Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messining Argentina terma jamoasi safida Rio-de-Janeyro shahrida o'tkaziladigan yozgi olimpiya o'yinlarida ishtirok etmasligi rasman elon qilindi.
Bu malumotni Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xerardo Martino tasdiqladi.
“Messi Olimpiadaga bormaydi. U haddan ziyod ko'p o'yinlarda maydonga tushyapti. Oldinda Amerika Kubogi, JCH-2018 saralash o'yinlari turibdi. Qolaversa, “Barselona”ning kubok va chempionatdagi uchrashuvlari bor. Bunday holatda Olimpiada o'yinlari ortiqchalik qiladi. To'g'ri, menga natija muhim, lekin bunda futbolchining sog'lig'ini xavf ostiga qo'ya olmayman”, - dedi Martino.
Eslatib o'tamiz, Lionel Messi 2008 yili Argentina terma jamoasi tarkibida Pekin Olimpiadasida chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan edi. Braziliyadagi bu yilgi Olimpiada esa 5-21 avgust kunlari o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar