Rasman: Krishtianu Ronaldu jazolandi. U "CHelsi"ga qarshi uchrashuvda qaydnomaga kiritilmaydi
20 okt 2022 22:23
Yangiliklar
Rasman: Krishtianu Ronaldu jazolandi. U "CHelsi"ga qarshi uchrashuvda qaydnomaga kiritilmaydi
Bunga katta ehtimol bilan Ronalduning kechagi qilig'i sabab bo'lgan.
"Manchester Yunayted" klubi Krishtianu Ronalduning "CHelsi"ga qarshi o'yinda qaydnomaga kiritilmasligini elon qildi.
"Krishtianu Ronaldu shanba kuni o'tkaziladigan "CHelsi"ga qarshi uchrashuvda qaydnomaga kiritilmaydi. Qolgan tarkib o'yinga bor etiborini qaratgan va to'liq tayyorlanmoqda", -deyiladi klubi bayonotida.

Bunday qarorga kelinishiga katta ehtimol bilan "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvda Ronalduning o'yin tugamasidan maydonni tark etgani bo'ldi. "SHporlar"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida Erik ten Xag Ronaldu masalasini ertasi kuni hal qilishini aytgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar