Rasman: Husniddin G'ofurov – "Metallurg" azosi
03 fev 2023 11:08
Yangiliklar
Rasman: Husniddin G'ofurov – "Metallurg" azosi
O'tgan mavsumni "So'g'diyona" jamoasida o'tkazgan yarim himoyachi Husniddin G'ofurov "Metallurg" jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Husniddin futbolchilik faoliyatini "NBU-Osiyo" jamoasida boshlab, qisqa muddat ichida xorij jamoasiga o'tib ketgan kam sonli o'zbek futbolchilaridan biri sanaladi. 2013 yilda Serbiyaning "Yavor" jamoasi bilan shartnoma imzolagan G'ofurov keyinchalik "Mladost" klubida ham o'ynadi.
2018 yildan etiboran esa O'zbekiston chempionatiga qaytdi. Ilk mavsumdayoq "Lokomotiv" tarkibida O'zbekiston chempionatida shohsupaning yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Keyingi mavsumda esa "Paxtakor" bilan oltin medalga sazovor bo'ldi. SHuningdek, u Termizning "Surxon", Olmaliqning AGMK, Farg'onaning "Neftchi" hamda Jizzaxning "So'g'diyona" jamoalarida o'ynadi.
Husniddin G'ofurov ikki karra O'zbekiston chempioni (2018, 2019), O'zbekiston Kubogi sohibi (2019). Superligada 105 ta o'yinda maydonga chiqqan, 8 ta gol urgan va 13 marta sariq kartochka bilan jazolangan.
Avvalroq "Eshitdik-da" rukni ostida uning Bekobod klubi safiga qo'shilgani haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar