So’nggi yangiliklar

07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  1 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  10 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  10 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  4 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  14 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  4 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0

Rasman: “Bunyodkor” murabbiylar shtabida o'zgarishlar ro'y berdi Yangiliklar

Rasman: “Bunyodkor” murabbiylar shtabida o'zgarishlar ro'y berdi

Bugun "Bunyodkor" klubi rahbariyati yig'ilish o'tkazdi.

"Xabaringiz bor, Superliganing 6-turi doirasida “Olimpik”ka yutqazgan “Bunyodkor” klub tarixida o'z maydonidagi eng yirik hisobdagi mag'lubiyatga uchragan edi (1:5). Mazkur muvaffaqiyatsizlikdan keyin klub rahbariyati murabbiylar shtabi oldiga “Navbahor”ga qarshi navbatdagi bahsda g'alaba qozonish vazifasini qo'ygandi. Garchi Namanganda mag'lubiyatga uchralgan bo'lsa-da, mezbonlar bilan bellashuvda “qaldirg'ochlar” mazmunli o'yin va munosib qarshilik ko'rsata olganlaridan kelib chiqib, murabbiylar shtabiga yana imkoniyat berilgandi. Kecha Superliganing 8-turida “Metallurg” jamoasi bilan kuch sinashgan “Bunyodkor” yana muhim ochkolarni boy berdi. Ushbu uchrashuvdan so'ng klub rahbariyati tomonidan murabbiylar shtabida o'zgarishlar amalga oshirish bo'yicha qaror qabul qilindi. SHu munosabat bilan bugun klub qarorgohida yig'ilish bo'lib o'tdi.

- Jamoamizning so'nggi o'yinlaridagi natijalaridan juda hafaman. Oxirgi uch uchrashuvda bor-yo'g'i bir ochko qo'lga kiritilgani yomon ko'rsatkich. Agar vaziyatni yaxshi tomonga o'zgartirmasak turnir jadvalidagi o'rnimiz yanada og'irlashadi va bu ketishda o'ninchi pog'onalarga tushib ketishimiz mumkin. “Bunyodkor”ning obro'siga bu aslo yarashmaydi. Men murabbiy va futbolchilardan shuni so'rardim va istardimki, har biringiz har safar o'yinga chiqqaningizda fidoyilik ko'rsatib, ijobiy natija uchun joningizni berib kurashing. Faqat shundagina zafar quchish mumkin. Jamoaning hozirgi holati esa qoniqarli darajada emas, - dedi yig'ilish davomida klub prezidenti Mehriddin Razzoqovich Abdullaev.

SHundan so'ng “Bunyodkor” murabbiylar shtabida bir qator o'zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, bosh murabbiy SHuhrat Maqsudov, murabbiy Aram Ananyan va darvozabonlar murabbiyi Abdusattor Rahimov o'z lavozimlarini tark etishlari elon qilindi. SHu kunga qadar bosh murabbiy assistenti bo'lib ishlab kelgan Viktor Karpenko bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Anvar G'ofurov bosh murabbiy assistenti lavozimiga o'tkaziladigan bo'ldi. Ruminiyalik Avgustin CHirita jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida ishini davom ettiradi. Murabbiylar shtabidagi bo'sh o'rinlarga nomzodlarni ko'rib chiqish Viktor Karpenko zimmasiga yuklatildi. Viktor Aleksandrovich tez kunlarda klub rahbariyatiga bu boradagi o'z takliflarini kiritishi lozimligi takidlandi", - deyiladi klub xabarida.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Eshitdik-da!" rukni orqali "Bunyodkor"da yig'ilish o'tkazilgani va SHuhrat Maqsudov o'rnini Viktor Karpenko egallagani haqida malumot bergan edik.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика